Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Ryudiger Nagelsmannning Germaniya terma jamoasidan ketganiga munosabat bildirdi

Ryudiger Nagelsmannning Germaniya terma jamoasidan ketganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Germaniya milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Yulian Nagelsmannning bosh murabbiylik lavozimidan bo‘shatilgani borasida fikr bildirdi.

38 yoshli mutaxassis «Bundestim»ning Jahon chempionati — 2026dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng iste’foga chiqdi.

«Ishonchingiz, ishga bo‘lgan sadoqatingiz va professionalligingiz uchun rahmat, murabbiy! Keyingi faoliyatingizda sizga eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman», — deb yozdi Madridning «Real» klubi futbolchisi ijtimoiy tarmoqlarda Nagelsmannga yo‘llagan murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi JCH-2026ning 1/16 final bosqichida Paragvayga qarshi bahs olib bordi. Asosiy va qo‘shimcha vaqtlarda 1:1 hisobi qayd etilgach, nemislar penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.

Kiritildi: 13:26, 04.07.2026.
O'qildi: 631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик