Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Vozinyaning Instagram'dagi obunachilari soni 20 milliondan oshib ketdi. Musobaqaning ilk o‘yinigacha bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 56 mingta edi

Vozinyaning Instagram'dagi obunachilari soni 20 milliondan oshib ketdi. Musobaqaning ilk o‘yinigacha bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 56 mingta edi

Baho:
+ | -

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya ijtimoiy tarmoqlarda 22 millionga yaqin (ayni paytda 21.2 mln dan ziyod) obunachi to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Portugaliyaning «Shavesh» klubida to‘p suruvchi 40 yoshli posbon Argentinaga qarshi kechgan dramatik bahsdan so‘ng Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Biroq uning ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligi kundan-kunga o‘sib bormoqda. E’tiborli jihati, Jahon chempionatidagi ilk bahs start olguniga qadar Vozinyaning sahifasini atigi 56 000 inson kuzatar edi.

Bunday keskin o‘sishga futbolchining Ispaniyaga qarshi (0:0) o‘yindagi super qahramonligi hamda Braziliyaning mashhur CazéTV loyihasi va mahalliy OAV tomonidan boshlangan yirik qo‘llab-quvvatlash kampaniyasi sabab bo‘ldi. Natijada, aholisi bor-yo‘g‘i 530 ming kishidan iborat bo‘lgan kichik orol davlati darvozaboni internet olamining haqiqiy «bosh qahramoni»ga aylandi.

Kiritildi: 16:49, 04.07.2026.
O'qildi: 1297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик