Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gruhda 3-o‘rinni olgan jamoalardan faqat Paragvay JCH 1/8 finaliga yo‘l oldi

Gruhda 3-o‘rinni olgan jamoalardan faqat Paragvay JCH 1/8 finaliga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Paragvay terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida 3-o‘rinni egallab, musobaqaning 1/8 finaliga yetib kela olgan yagona jamoaga aylandi.

Turnir ishtirokchilari soni 48 tagacha kengaytirilgani sababli, pley-off bosqichiga 32 ta jamoa yo‘l oldi — bular guruhlarda 1-o‘rinni egallagan 12 ta jamoa, 2-o‘rinni band etgan 12 ta jamoa va 3-o‘rin sohiblari orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan yana 8 ta jamoadir.

Paragvayliklar 3-o‘rinni olgan jamoalar reytingida 7-o‘rinni band etgan edilar, biroq ular 1/16 final bosqichida Germaniya terma jamoasini musobaqadan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘lishdi (1:1, penaltilar bo‘yicha — 4:3).

Ushbu ro‘yxatdagi qolgan barcha terma jamoalar — DR Kongo, Shvesiya, Gana, Ekvador, Bosniya va Gersegovina, Jazoir hamda Senegal 1/16 finaldayoq JCH bilan xayrlashishdi.

Endi 1/8 finalda Paragvay terma jamoasi Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 17:56, 04.07.2026.
O'qildi: 783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик