Sobiq futbolchi Zlatan Ibrahimovich Kabo-Verde milliy terma jamoasining Jahon chempionati — 2026 musobaqasidagi ishtirokiga munosabat bildirdi. Musobaqaning 1/16 finalida ushbu terma jamoa Argentinaga 2:3 hisobida (qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1) imkoniyatni boy bergan edi.
"Bu yigitlar — haqiqiy qahramonlar. Ular ushbu kichkina orolning kumirlariga, yulduzlariga aylanishdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ular asosiy vaqtda birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lishmadi. Ushbu uchrashuvda esa g‘alaba qozonishlariga sal qoldi. Menimcha, butun dunyo buning imkoni borligiga ishonmagandi, to‘g‘rirog‘i — bunga faqat shu kichkina orol xalqi ishongandi.
Ular vataniga qaytganida, katta bayram va qizil gilamchalar bilan tantanali kutib olinishiga 200 foiz ishonchim komil. Ular qilgan ish tarixga kiradi; ular o‘z orzularini haqiqatga aylantirishdi. Ushbu lavhalarni tomosha qilar ekanman, zavqlanganimdan ko‘zlarimga yosh kelishiga sal qoldi. Ular muvaffaqiyatga juda yaqin kelishgandi. Bu futbol, bu — his-tuyg‘ular. Biz futbolni aynan shuning uchun sevamiz", — deya RMC Sport Ibrahimovichning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.













