Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH-2026 nimchorak finalida Paragvay ustidan 1:0 hisobidagi qiyin g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu oson o‘yin bo‘lmadi. Agar uchrashuv oxiridagi imkoniyatlarimizdan birini golga aylantirganimizda, g‘alaba ancha yengilroq kechardi. Paragvayliklar barcha mumkin bo‘lgan usullardan foydalanishadi. Bu muxlislarga yoqadigan futbol emas, ammo biz diqqatimizni yo‘qotmadik, bu esa oson emas. Ular jismonan juda kuchli jamoa va himoyada ham yaxshi harakat qilishadi. Bu biz uchun yana bir muhim qadam bo‘ldi. Janubiy Amerika jamoalariga qarshi har doim qiyin o‘ynaysiz, ammo futbolchilarim vazifani uddalaganidan mamnunman. Biz chorak finalga chiqdik va endi bu natijadan zavqlanishimiz kerak», — dedi Desham FIFA rasmiy saytiga.
Qayd etish joiz, uchrashuvdan keyin Paragvay futbolchilarining o‘yini va maydondagi xatti-harakatlari ommaviy axborot vositalari tomonidan qo‘pol hamda haddan tashqari tajovuzkor deya baholandi.
Jahon chempionatining chorak finalida Fransiya terma jamoasi Marokash milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.













