Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Saloh Misrning JCH-2026 1/8 finaliga yo‘l olganiga munosabat bildirdi

Saloh Misrning JCH-2026 1/8 finaliga yo‘l olganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Misr terma jamoasining yulduz forvardi Muhammad Saloh Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichining ilk raundida Avstraliya ustidan qozonilgan g‘alabali o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa afrikaliklar aniqroq harakat qilishdi — 4:2.

«Men aql bovar qilmas tuyg‘ularni his qildim. Misr terma jamoasi libosida maydonga tushganimda juda ham faxrlanaman. Bu hayotimdagi eng yaxshi kunlardan biri bo‘ldi. Og‘riqqa qaramay, bor kuchimni berib o‘ynadim. Ko‘rsatgan o‘yinimizdan faxrlanaman. Endi esa ushbu yoqimli lahzalardan zavq olishimiz kerak», — deya hujumchining so‘zlarini Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) matbuot xizmati keltirmoqda.

Jahon chempionatining 1/8 finali doirasida Misr terma jamoasi Argentinaga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 13:26, 05.07.2026.
O'qildi: 446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик