Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

JCH-2026 sababli «Real»ning La Liga yangi mavsumidagi debyut o‘yini qoldirildi

JCH-2026 sababli «Real»ning La Liga yangi mavsumidagi debyut o‘yini qoldirildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati yangi — 2026/2027 yilgi mavsumining «Real Sosyedad»ga qarshi kechadigan debyut uchrashuvi boshqa muddatga ko‘chiriladi.

Bunday qaror «Qirollik klubi» futbolchilarining JCH-2026ning so‘nggi hal qiluvchi bosqichlarida ishtirok etayotgani sababli qabul qilindi. Primeraning start turidan o‘rin olgan yana bir qator uchrashuvlar ham rejalashtirilgan muddatdan taxminan 10 kun kechroq o‘tkaziladi. Bunga Ispaniya futbolchilar kasaba uyushmasi (AFE) talabi sabab bo‘ldi. Uyushma jahon birinchiligi yakunlanganidan keyin o‘yinchilarga majburiy uch haftalik ta’til va uch haftalik tayyorgarlik jarayoni taqdim etilishini talab qilib turib oldi.

Madridliklar taqvimdagi o‘zgarishlar ta’sir qilgan ilk jamoaga aylanishdi, chunki ular marokashlik Braim Dias yoki fransiyalik uchlik — Kilian Mbappe, Orelyen Tchuameni va Ibraima Konate timsolida turnirning kamida bitta yarim finalchisiga ega bo‘lishlari kafolatlangan.

La Liga prezidenti Xavyer Tebas o‘yinlar ko‘chirilishini tasdiqladi.

«Barcha futbolchilar Jahon chempionatidagi so‘nggi o‘yinlaridan boshlab hisoblaganda uch haftalik ta’til va yana uch haftalik tayyorgarlik vaqtiga ega bo‘lishadi. Biz 1-turni bo‘lib yuborishimiz mumkin: oltita o‘yinni 14 avgustga qadar o‘tkazamiz, qolgan uch-to‘rtta uchrashuvni esa avgust oyi oxirida, hafta o‘rtasiga ko‘chiramiz», — deya Tebasning so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Ushbu qaror sababli, Joze Mourinyo «qaymoqranglilar» bosh murabbiyligi lavozimiga qaytganidan keyingi ilk rasmiy uchrashuv 23 avgust kuni, 2-tur doirasida «Espanyol»ga qarshi safardagi o‘yinga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 17:21, 06.07.2026.
O'qildi: 1946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик