Bundan oldinroq «Manchester Yunayted» klubi «Chelsi» yarim himoyachisi Andrey Santosning xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Nufuzli manba futbolchining ushbu ehtimoliy transfer borasidagi shaxsiy pozisiyasini oshkor qildi. Unga ko‘ra, Santos «Yunayted»ning taklifini qabul qilishga tayyor. Yarim himoyachi maydonda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi va «Chelsi»ning hozirgi tarkibida raqobatda g‘olib chiqish unga juda qiyin bo‘lishini tushunib turibdi. London klubi esa o‘z futbolchisini 50 million funt sterlingga baholamoqda.
Andrey Santos shu vaqtga qadar «Chelsi» safida jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu bahslarda yarim himoyachi «gol+pas» tizimida 8 ochko (3 ta gol va 5 ta golli uzatma) to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.













