Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

"Surxon" — "Dinamo" o‘yini Samarqand shahrida o‘tkaziladi

"Surxon" — "Dinamo" o‘yini Samarqand shahrida o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Termizdagi "Surxon arena" stadioni maysasi ayanchli holatga kelib qolganligi tufayli, Liga mazkur stadionni Superliga uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadionlar ro‘yxatidan chiqardi.

O‘z navbatida, "Surxon" Superliga reglamentiga zid ravishda rasmiy uchrashuv startiga 20 kun vaqt qolguniga qadar ham Superliga 13-turidan o‘rin olgan "Dinamo"ga qarshi uchrashuv o‘tishi rejalashtirilgan stadion masalasida Ligaga rasmiy taklif kiritmadi. Shundan kelib chiqib, mazkur bellashuv "Surxon" klubining nominal mezbonligi ostida Samarqanddagi "Dinamo" stadionida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Superliga joriy mavsumida xuddi shunday sabab oqibatida 3-tur doirasidagi "Mash’al" — "Qizilqum", 4-tur doirasidagi "So‘g‘diyona" — "Paxtakor" hamda 7-tur doirasidagi "Nasaf" — "Buxoro" uchrashuvlari raqib maydoniga ko‘chirilgandi. "Surxon" — "Dinamo" bellashuvi bu borada hisob bo‘yicha to‘rtinchisi hisoblanadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:12, 06.07.2026.
O'qildi: 1267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик