Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Angliyalik 21 yoshli yigit uy olish uchun yiqqan 13 ming dollarini bobosi bilan Jahon chempionatiga borish uchun sarfladi

Angliyalik 21 yoshli yigit uy olish uchun yiqqan 13 ming dollarini bobosi bilan Jahon chempionatiga borish uchun sarfladi

Baho:
+2 | -

21 yoshli Jeykob Allmendinger o‘z jamg‘armalarini unutilmas sarguzashtga sarfladi — u 80 yoshli bobosi Jeff bilan birgalikda Shimoliy Amerikada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatiga yo‘l oldi.

BBC nashrining yozishicha, Jeykob Angliyaning Nort Ferribi shahrida yashaydi. U 16 yoshidan boshlab uy uchun dastlabki badal puli sifatida taxminan 10 ming funt sterling (13 ming dollardan ortiq) yig‘ib kelgan. Aynan bobosi unga futbolga bo‘lgan muhabbatni singdirgan, shu bois JCH yaqinlashganda u pulni boshqacha sarflashga qaror qildi.

"Tanlovimdan aslo afsuslanmadim. Pulni har doim qayta yig‘sa bo‘ladi, ammo xotiralar abadiy qoladi", dedi Jeykob.

Ingliz yigiti sayohatdan olingan videolarni ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishmoqda. Ular allaqachon birgalikda Nyu York, Filadelfiya, Atlanta va Mayamiga tashrif buyurishdi.

Jeykob bolaligidan bobosi bilan futbol tomosha qiladi, lekin ular hech qachon JCHda bo‘lishmagan. Ular o‘z terma jamoasi va “Hall Siti” klubiga muxlislik qilishadi.

Allmendingerning so‘zlariga ko‘ra, buvisining vafotidan keyin futbol ular uchun alohida ahamiyat kasb etgan.

"Jeykobdek nabiram borligi shunchaki mo‘’jiza, lekin shuni ta’kidlashim kerakki, barcha nabiralarim ajoyib", dedi Jeff.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:28, 06.07.2026.
O'qildi: 990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик