FIFA rahbari Janni Infantino AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasi bekor qilinishi bilan bog‘liq mojarodan so‘ng o‘z lavozimini tark etishi kerak. Bunday fikrni Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi Ed Deyvi bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, FIFA korrupsiyalashgan tuzilma hisoblanadi va bunga chek qo‘yish vaqti keldi, biroq bu ish Infantinosiz amalga oshirilishi lozim.
«Infantino ketishi kerak. Qay yerda o‘tkazilishidan qat’i nazar, Jahon chempionati Donald Tramp kabi gangsterlarga emas, balki muxlislarga tegishli. Bizga FIFAdagi korrupsiyani nihoyat tomiri bilan yo‘qotadigan odam kerak», — deb yozdi siyosatchi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Infantino AQSH Prezidentining o‘zi jurnalistlarga haqiqatan ham jazoni qayta ko‘rib chiqish talabi bilan FIFAga qo‘ng‘iroq qilganini tan olmaguncha, Balogun bilan bog‘liq vaziyatga Trampning aloqasi borligini oxirigacha rad etib kelayotgan edi.













