Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

Messi Misr bilan o‘yindagi omadsiz penalti va undan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi

Messi Misr bilan o‘yindagi omadsiz penalti va undan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 1/8 finali doirasidagi Misr terma jamoasiga qarshi bahsda (3:2) foydalanilmagan penalti haqida fikr bildirdi.

39 yoshli argentinalik futbolchi bitta JCHda ikki bor penaltidan gol ura olmagan tarixdagi ilk o‘yinchiga aylandi. Shunga qaramay, Misr bilan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Messi gol va golli uzatma muallifi bo‘ldi.

«Ushbu penalti sababli o‘zimdan juda qattiq g‘azablandim, yana xato qilganim uchun ko‘p azob chekdim. Agar o‘shanda gol urganimda, bu o‘yin borishini o‘zgartirib yuborardi. Biz yaxshi o‘ynayotgan edik. Penaltidan tashqari ham bizda yaqqol imkoniyatlar bo‘ldi. Darvozabon aql bovar qilmas to‘plarni qaytardi. Xayriyatki, yakunda hammasi men uchun muvaffaqiyatli tugadi. Sodir bo‘lgan voqeadan keyin jamoaga yordam berish imkoniga ega bo‘lish juda muhim edi», — deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltiradi TyC Sports.

Jahon chempionatining chorak finalida Argentina Shveysariyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 12 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:56, 08.07.2026.
O'qildi: 1146 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик