Italiyaning «Yuventus» klubi «PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muanini sotib olish ustida ishlashda davom etmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Turin klubi Kolo-Muani bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan. Transfer amalga oshsa, futbolchi «Yuventus» bilan yillik maoshi 5 million yevro bo‘lgan besh yillik mehnat shartnomasini imzolaydi.
Ayni paytda «Yuventus» «PSJ» bilan muzokara olib bormoqda, biroq tomonlar hozircha bir qarorga kela olishgani yo‘q. Parijlikliklar futbolchi uchun 50 million yevro olmoqchi, ammo bu summa italiyaliklar uchun juda yuqori deb hisoblanmoqda.
Kolo-Muani o‘tgan mavsumni «Tottenxem»da ijarada o‘tkazdi. U barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













