Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal 2026 yilgi Jahon chempionati chorak finali doirasida Belgiyaga qarshi o‘yin oldidan jamoalari 1/8 finalda mag‘lub bo‘lgan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va braziliyalik Neymarga murojaat qildi.
«Krishtianu Ronaldu va Neymar bolaligimdan boshlab mening avlodim uchun asosiy figuralar edi. Ularga barcha yaxshiliklarni tilayman», — deya Yamalning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.













