Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

U-17 Osiyo kubogi mezbonligi O‘zbekistonga berilishi kutilmoqda

U-17 Osiyo kubogi mezbonligi O‘zbekistonga berilishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichi kelasi yili O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin.

Dastlabki rejaga ko‘ra, ushbu turnirga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi belgilangan edi. Biroq mamlakat 2027 yili kattalar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi sababli, o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqani o‘tkaza olmasligini bildirgan.

Shundan so‘ng, Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) turnir mezbonligini O‘zbekistonga topshirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ayni vaqtda OFK musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasiga tegishli xat yo‘llangan.

Agar tashkilot ushbu arizani rasman tasdiqlasa, U-17 Osiyo kubogi kelasi yilning 12–29-may kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlarga «Do‘stlik»dagi terma jamoalar markazi mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:35, 09.07.2026.
O'qildi: 1796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик