Shveysariya terma jamoasi safida to‘p suradigan «Inter» markaziy himoyachisi Manuel Akanji o‘z jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionati yarim finaliga chiqish imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shveysariyaliklar mundialning 1/8 finalida Kolumbiyani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi. Endi Murat Yakin shogirdlarini jiddiy raqib – Argentina terma jamoasi kutib turibdi.
«Bu juda katta sinov, lekin men biz ushbu o‘yinga tayyormiz va istalgan raqib bilan tengma-teng kurasha olamiz deb o‘ylayman. Biz yarim finalga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solishga ahd qilganmiz. Biz ulkan mehnat qildik. O‘ylaymanki, bu mashaqqatli mehnat o‘z samarasini berishni boshladi», — deb iqtibos keltiradi himoyachi so‘zlaridan beIN Sports.
Argentina – Shveysariya chorak final uchrashuvi 12-iyul kuni AQSHda bo‘lib o‘tadi.













