Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Tottenxem» Kolo-Muani uchun kurashga qo‘shildi

«Tottenxem» Kolo-Muani uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Londonning «Tottenxem» klubi «PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muanini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «shporlar» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi 27 yoshli fransiyalik hujumchining muxlislaridan biri hisoblanadi va uni jamoada ko‘rishni istaydi.

Qayd etilishicha, «PSJ» Kolo-Muanini yana ijaraga berishga tayyor. Biroq parijliklar shartnomaga majburiy sotib olish bandi kiritilishini talab qilmoqda.

Shu bilan birga, hujumchiga qiziqish bildirgan «Yuventus» ham transfer ustida ishlashda davom etmoqda.

Forvard o‘tgan mavsumni «Tottenxem» safida ijara asosida o‘tkazdi. U barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda qatnashib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Kolo-Muanining bozor qiymati 20 million yevroga teng.

Manba: www.euro-football.ru
Kiritildi: 11:18, 10.07.2026.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик