Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxel Jahon chempionati — 2026 chorak final bahsi oldidan Norvegiya terma jamoasining yulduzli markaziy hujumchisi Erling Xoland haqida fikr bildirdi.
«Bor e’tibor unga qaratiladi. Bunday hujumchiga qarshi yaxshi himoyalanish uchun bor mahoratni ishga solish kerak. Xoland uzoq ustun yaqinida uzatmalarni yakunlashni yaxshi ko‘rishini hamma juda yaxshi biladi. Biz jamoaviy o‘yin ko‘rsatishimiz kerak, markaziy himoyachilarimiz esa bor diqqatini Erlingga qaratishadi», — nemis murabbiyining so‘zlarini keltiradi The Telegraph.
Ushbu mundialda Xoland yettita gol urishga ulgurdi.













