Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» darvozaboni APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

«Manchester Siti» darvozaboni APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

«Nyukasl» klubi «Manchester Siti» posboni Jeyms Traffordni sotib olishni maqsad qilgan. Bu haqda The Chronicle nashri xabar bermoqda.

Manbaning vaziyatga bergan bahosiga ko‘ra, «Aston Villa» futbolchiga bo‘lgan qiziqishini kamaytirib, bor e’tiborini Emiliano Martinesni jamoada saqlab qolishga qaratganidan so‘ng, «qarg‘alar»da ushbu transferni amalga oshirish uchun imkoniyatlar ko‘paygan. Biroq Traffordga «Chelsi» tomonidan ham qiziqish saqlanib qolayotgani va London klubi kurashda «Nyukasl»ga raqobatchi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Trafford barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol o‘tkazib yubordi va 8 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Transfermarkt ekspertlari darvozabonning transfer qiymatini 25 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 15:28, 11.07.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик