«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «Arsenal» Markus Reshfordning kelajagi borasidagi noaniqlikdan foydalanib, ingliz hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi kerak deb hisoblaydi.
London klubi bu yoz chap qanot vingeri pozisiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. «Kanonirlar»ning ustuvor maqsadlaridan biri — jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Leandro Trossarga o‘rinbosar topish.
«Men Reshfordni olgan bo‘lardim. 46 million yevro evaziga uni shunchaki olib ketgan bo‘lardim», — dedi Ferdinand o‘z YouTube-kanalida.
«Barselona»dagi muvaffaqiyatli ijaradan so‘ng Reshford kataloniyaliklar safiga to‘liq o‘tishni kutgan edi, biroq ispan klubi boshqa variantni tanlab, «Nyukasl»dan Entoni Gordonni xarid qildi.













