«Marsel» vingeri Meyson Grinvud tez orada Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Grinvudning transferi yakuniy bosqichda. «Fenerbaxche» futbolchining xaridi uchun 45 million yevro to‘lashi kutilmoqda. Grinvudning o‘zi esa 2030 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi va unga ko‘ra mavsumiga sakkiz million yevro maosh oladi. Shuningdek, u bonuslar ko‘rinishida yana ikki million yevrogacha ishlab topishi mumkin.
O‘tgan mavsumda vinger barcha musobaqalarda jami 45 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu vaqt ichida u 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













