«Galatasaroy» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Fodenni sotib olishga urinib ko‘rmoqda. Bu haqda Fanatik xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Turkiya klubi 26 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi shartlarini bilish uchun «Siti» bilan rasmiy aloqalarni boshlab yuborgan. «Galatasaroy» prezidenti muzokaralarni olib borishni avvalroq bir qator yulduz futbolchilarning Istanbul klubiga o‘tishida ishtirok etgan italiyalik agent Jorj Gardiga topshirgan.
Ta’kidlanishicha, bozor qiymati taxminan 70 million yevroga baholanayotgan Foden faoliyatida yangi bosqichni ko‘rib chiqmoqda. Ingliz yarim himoyachisining «Manchester Siti» bilan tuzgan shartnomasi yakuniga yetishiga bir yil qoldi.
O‘tgan mavsumda Foden Angliya chempionatining 33 ta o‘yinida 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













