«Real» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold Madrid klubining yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo qo‘l ostidagi mashg‘ulotlar haqida gapirib o‘tdi.
«Mourinyo bilan mashg‘ulotlar juda yaxshi o‘tmoqda. Men doimo unga qoyil qolganman, u bilan va uning murabbiylar shtabi bilan ishlash — katta zavq. Ish tamoyillari va talablar juda yuqori, u bizni nimalarga o‘rgatishini intiqlik bilan kutyapman. Mourinyu yangi mavsumda bizga sovrinlar yutishda yordam beradi», — deya Trentning so‘zlarini keltiradi Madrid Extra.
Eslatib o‘tamiz, bu Joze Mourinyoning «Real»ga ikkinchi qaytishi. Avvalroq u Madrid klubini 2010 yildan 2013 yilgacha boshqargan. Uning qo‘l ostida «Qirollik klubi» La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.













