«Manchester Siti»ning sobiq markaziy himoyachisi Jon Stouns faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Sky Italia nashrining xabar berishicha, 32 yoshli futbolchining xizmatlariga «Inter» va «Yuventus» klublari qiziqish bildirmoqda. Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki klub ham Stounsning talablarini o‘rganib chiqqan, biroq hozircha hech kim aniq qadam tashlamagan.
Stouns 2016 yildan beri «Manchester Siti»da to‘p surib kelayotgan edi. Shu yozda himoyachi erkin agent maqomida jamoani tark etdi.
U «shaharliklar» libosida o‘n yil davomida 295 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, Stounsga o‘z vaqtida «Manchester Siti»ga o‘tishiga sababchi bo‘lgan sobiq klubi «Everton» ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.













