Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Saybari: «Alyans Arena» meni juda qiziqtirmoqda, ilk tashrif o‘zgacha bo‘ladi»

Saybari: «Alyans Arena» meni juda qiziqtirmoqda, ilk tashrif o‘zgacha bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi yangi futbolchisi Ismoil Saybari chorshanba, 15 iyul kuni ilk bor klubning Zebener Shtrassedagi bazasida bo‘ldi va o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 25 yoshli marokashlik futbolchi rasmiy o‘yinda maydonga tushishni intiqlik bilan kutayotganini tan oldi.

«Meni «Alyans Arena» juda qiziqtirmoqda. Men u yerda ilgari hech qachon o‘ynamaganman. Ilk martasi aniq o‘zgacha bo‘ladi», — deya Saybarining so‘zlarini keltiradi «Bavariya» matbuot xizmati.

Futbolchi myunxenliklar bilan shartnomani JCH-2026 guruh bosqichidayoq imzolagan edi, bitim Nyu-Yorkdagi «Bavariya» ofisida rasmiylashtirilgan. Endi u oilasi bilan birga mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurdi va xodimlar bilan tanishdi. «Bavariya»ning sport masalalari bo‘yicha boshqaruv a’zosi Maks Eberl klub transfer ustida mundialdan ancha avval ishlaganini tushuntirdi: «Asosiy jihat shundaki, biz uning qobiliyatlari haqida bilganmiz va erta bosqichdayoq unga aniq istiqbolni ko‘rsata olganmiz».

Jahon chempionatida Saybari guruh bosqichining har uchala o‘yinida — Braziliya, Shotlandiya va Gaiti darvozalariga bittadan gol urdi, shuningdek, 1/16 finalda Niderlandiyaga qarshi o‘yinda hal qiluvchi penaltini amalga oshirdi. 1/4 finalda Fransiyaga qarshi bahsda jarohati tufayli qatnasha olmadi va Marokash turnirni tark etdi. Saybari «Bavariya» mashg‘ulotlariga keyinroq qo‘shiladi — hozirda u ta’tilda.

Kiritildi: 17:18, 16.07.2026.
O'qildi: 725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик