Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Maradonaning 1986 yilgi JCHdagi sardorlik bog‘ichi 512 ming dollarga sotildi

Maradonaning 1986 yilgi JCHdagi sardorlik bog‘ichi 512 ming dollarga sotildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Diyego Maradonaning 1986 yilgi Jahon chempionatidagi sardorlik bog‘ichi auksionda 512 ming dollarga sotildi. Eslatib o‘tamiz, o‘sha mundial Argentina terma jamoasi tarixidagi ilk g‘alabali chempionat bo‘lgandi va Maradona unda angliyaliklar darvozasiga qo‘l bilan kiritgan goli bilan yodda qolgan.

Keyinchalik bu epizod jahon futboli tarixida «xudoning qo‘li» sifatida muhrlanib qoldi.

Avvalroq Pelening 1958 yilgi Jahon chempionatidagi libosi 4,88 million dollarga sotilgani ma’lum bo‘lgan edi. Biroq Pelening libosi Maradonaning rekordini yangilay olmadi: o‘sha 1986 yilgi chempionatda Maradona kiygan libos deyarli 10 million dollarga sotilgandi.

Daily Mail nashri xabar berishicha, argentinalik afsonaning sardorlik bog‘ichini sotib olgan shaxsning ismi oshkor etilmadi.

Kiritildi: 09:00, 17.07.2026.
O'qildi: 518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик