Taniqli futbol mutaxassisi Xulen Lopetegi 2026 yilgi Jahon chempionatining Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi bo‘lajak final bahsi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hozir hal qiluvchi o‘yinda kim favorit ekanligi haqida ko‘p gapirilmoqda. Biroq futbolda bunday narsalar ishlamaydi. Finalchilarning har ikkisida ham imkoniyat bo‘ladi. Uchrashuv natijasini mayda nyuanslar hal qiladi», — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca gazetasi.
Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi final uchrashuvi yakshanba, 19 iyul kuni Nyu-Jersi stadionida bo‘lib o‘tadi.













