Londonning «Arsenal» klubi va Fransiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba jiddiy jarohati tufayli uzoq vaqtga maydondan tashqarida qolishi mumkin.
Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, futbolchi ancha vaqt mobaynida umurtqa pog‘onasidagi sinish bilan maydonga tushib kelgan. Organizm yuklamalarga dosh bera olmadi va markaziy himoyachi JCH-2026 yarim finalida Ispaniyaga qarshi kechgan o‘yinning birinchi bo‘limida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Endi Salibaga jarrohlik amaliyoti talab etiladi. Jurnalist Charlz Uottsning ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchining tiklanishi dastlab taxmin qilinganidan ham ko‘proq vaqt olishi mumkin. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, futbolchi yil oxirigacha o‘ynay olmaydi, ammo reabilitasiya muddati yanada cho‘zilib ketishidan xavotirlar bor.
Yaqin vaqt ichida Vilyam Saliba «Arsenal» ixtiyoriga qaytadi va u yerda tiklanish muddatlarini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tadi.













