Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Infantino FIFA prezidenti lavozimidagi kelajagi haqida bayonot berdi

Infantino FIFA prezidenti lavozimidagi kelajagi haqida bayonot berdi

Baho:
+ | -1

FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot rahbarligi uchun yana bir bor nomzodini qo‘yish niyatida ekanini rasman tasdiqladi.

Infantino o‘zining Instagram sahifasida milliy futbol assosiasiyalariga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirib, hozirning o‘zidayoq FIFAning 200 dan ortiq a’zosi uning nomzodini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi.

«Menga bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorman. FIFAning 200 dan ortiq a’zosi 2027 yili Kanadaning Vankuver shahrida bo‘lib o‘tadigan FIFA kongressida qayta saylanish uchun nomzodimni qo‘yish niyatimni e’lon qilganimdan so‘ng mening nomzodimni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Biz birgalikda futbolning ulkan tijoriy salohiyatini yanada rivojlantirishda, yangi imkoniyatlar yaratishda va har bir mamlakat orzu qilishi, raqobatlashishi hamda muvaffaqiyat qozonishi mumkin bo‘lgan kelajakni barpo etishda davom etamiz», — deb yozdi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, Janni Infantino FIFAga 2016 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelmoqda. U tashkilot prezidentligi uchun navbatdagi saylovlarda ham ishtirok etishini rasman ma’lum qildi. Saylov 2027 yil 18 mart kuni Marokashda bo‘lib o‘tadi. Agar Infantino qayta saylansa, u FIFAga 2027–2031 yillar davomida rahbarlik qiladi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 08:35, 19.07.2026.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик