Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 18:45 Traktor - Neftchi
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Desham Fransiya terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinidan keyin fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH–2026 uchinchi o‘rin uchun kechgan Angliyaga qarshi bahsdagi (4:6) mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu uchrashuv mutaxassis uchun milliy jamoa boshqaruvidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.

«Mag‘lubiyat har doim yoqimsiz. Shunga qaramay, bajarilgan ishdan qoniqish hissi bor. Albatta, turnirni uchinchi o‘rin bilan yakunlaganimiz yaxshiroq bo‘lardi.

Bizda katta maqsadlar bor edi va ko‘p yaxshi ishlarga erishdik. Ispaniyaga qarshi bahsda o‘z o‘yinimizni namoyish eta olmadik, raqib esa bizga qarshi juda yaxshi harakat qildi.

Barchasi yomon emas. Bizda iqtidorli jamoa bor va natijaga erishish uchun barcha imkoniyatlar mavjud edi. Shaxsan men uchun bu ajoyib sayohat bo‘ldi. A’lo darajadagi sakkiz hafta.

Natija nuqtai nazaridan, albatta, afsusdamiz. Biz o‘nlab millionlab fransuz muxlislariga quvonch bag‘ishlash imkoniga ega edik. Bu — jahon chempionati. Undan ortiq nufuzli musobaqa yo‘q. Fransiya terma jamoasi libosini kiyishdan ortiq sharaf ham yo‘q», — dedi Desham.

Eslatib o‘tamiz, Didye Desham Fransiya terma jamoasini 14 yil davomida boshqardi. Uning qo‘l ostida fransuzlar 2018 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan, 2022 yilgi mundialda finalga chiqqan, Yevro–2016 finalchisi bo‘lgan va 2021 yilda UYEFA Millatlar ligasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, Fransiya terma jamoasi JCH–2014dan beri ilk bor jahon chempionatini medalsiz yakunladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:42, 19.07.2026.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик