«Barselona» va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde o‘z oldiga qo‘ygan kelgusi maqsadlari haqida gapirib o‘tdi.
27 yoshli futbolchi JCH-2026 doirasidagi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsning so‘nggida zaxiradan maydonga tushdi, unda fransiyaliklar Angliyadan mag‘lubiyatga uchrashdi (4:6).
«Shaxsiy maqsadlarim qanday? «Barselona» bilan chinakamiga muvaffaqiyatli mavsumni o‘tkazmoqchiman, ammo avvalo kuchga to‘lib qaytish uchun yaxshilab dam olib olishim kerak. Umid qilamanki, oldindagi mavsum avvalgisidan yaxshiroq bo‘ladi va men «Barsa»ga iloji boricha ko‘proq foyda keltira olaman», — deya Kundening so‘zlarini keltiradi BarcaTimes.
«Ko‘k-anorranglilar» vakili mundialda Fransiyaning sakkizta o‘yinida ham ishtirok etdi, bundan tashqari, Didye Desham oldingi yettita uchrashuvda uni asosiy tarkibda maydonga tushirgan edi.













