Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Fransiya futbol federasiyasi Desham bilan xayrlashdi

Fransiya futbol federasiyasi Desham bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Fransiya futbol federasiyasi (FFF) Didye Deshamni terma jamoa bosh murabbiyi sifatida qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

JCH-2026 da «uch ranglilar» 4-o‘rinni egalladi.

«Fransiya futbol federasiyasi 2012 yildan buyon terma jamoa boshqaruvida amalga oshirilgan ulkan ishlar uchun bosh murabbiy Didye Deshamga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Bir necha kundan so‘ng Didye Desham murabbiylik lavozimini tark etadi va uning «uch ranglilar» hamda Fransiya futboliga bo‘lgan chorak asrlik fidoyiligi nihoyasiga yetadi. Uning faoliyati federasiya va mamlakat tarixida o‘chmas iz qoldiradi.

Didye Desham yuksak standartlar, qat’iyat, birdamlik va Fransiya terma jamoasi libosiga bo‘lgan muhabbatni o‘zida mujassam etdi. Uning 14 yillik boshqaruvi davrida Fransiya terma jamoasi ishonch, hurmat va muhabbatni qayta tikladi, jahon miqyosida yuqori saviyada qolib, JCH-2018 va Millatlar ligasi-2021 g‘olibi bo‘ldi, bir necha bor yirik turnirlar finaliga chiqdi hamda favqulodda barqarorlikni namoyish etdi.

185 ta o‘yindagi 120 ta g‘alabadan tashqari, Didye Desham o‘yin va mas’uliyat madaniyatini shakllantirdi, bu kelajak avlodlar uchun etalon bo‘lib qoladi. U ko‘plab xalqaro darajadagi futbolchilarning o‘sishiga hissa qo‘shdi, jamoani muhim qadriyatlar atrofida birlashtirdi va fransuz xalqi bilan terma jamoa o‘rtasidagi noyob bog‘liqlikni mustahkamlashga yordam berdi.

JCH-1998 va Yevro-2000 g‘olibi bo‘lgan sardor, keyinchalik 20 yil o‘tib jahon chempionatida zafar quchgan murabbiy sifatida Didye Desham Fransiya futboli tarixida betakror o‘rin tutadi. Fransiya libosiga ham o‘yinchi, ham murabbiy sifatida unchalik ko‘p narsa berganlar kam.

Uning merosi Klerfontenda ham, u hech qachon unutmagan millionlab muxlislarning qalbida ham o‘chmas bo‘lib qoladi. Fransiya futbol federasiyasi unga cheksiz minnatdorchilik bildiradi. Rahmat, DidYE!» — deyiladi FFF xabarida.

Avvalroq Fransiya terma jamoasiga Zinedin Zidan yangi murabbiy bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 16:02, 19.07.2026.
O'qildi: 579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик