«Liverpul» matbuot xizmati klubning titul homiysi o‘zgarganini ma’lum qildi. Yangi mavsumdan boshlab Turkish Airlines Standard Chartered o‘rnini egallaydi.
Liverpool Echo xabar berishicha, yangi kelishuvga ko‘ra, «Liverpul» taxminan 348 million yevro daromad oladi. Bu Angliya Premyer-ligasi tarixida reklama uchun eng katta summa hisoblanadi. Shuningdek, mersisaydliklar 17 yil ichida birinchi marta titul homiysini almashtiradi.
Joriy mavsumda «Liverpul» 3 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ochko jamg‘ardi. Ayni paytda jamoa turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
9 sentyabr kuni «qizillar» Chempionlar ligasi birinchi turida Madridning «Atletiko» klubini o‘z maydonida qabul qiladi.













