Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Ekspert hakamlar guruhi «Neftchi» – «Buxoro» va «Bunyodkor» – «Nasaf» uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarga baho berdi

Ekspert hakamlar guruhi «Neftchi» – «Buxoro» va «Bunyodkor» – «Nasaf» uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarga baho berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi huzuridagi Ekspert hakamlar guruhi Superliganing 12-turidan o‘rin olgan «Neftchi» – «Buxoro» hamda «Bunyodkor» – «Nasaf» uchrashuvlarida muhokamalarga sabab bo‘lgan epizodlar yuzasidan xulosasini e’lon qildi.

«Neftchi» – «Buxoro» uchrashuvining 7-daqiqasida «Buxoro» hujumchisining zarbasidan keyin to‘p «Neftchi» futbolchisining yuqoriga ko‘tarilgan va notabiiy holatdagi qo‘liga tekkan. Ekspertlar bosh hakam tomonidan penalti belgilanishi to‘g‘ri qaror bo‘lganini qayd etdi.

21-daqiqada esa «Buxoro» futbolchisining «Neftchi»ning 7-raqamli o‘yinchisiga yengil teginishi oddiy futbol kontakti sifatida baholangan. Shu bois ushbu vaziyatda penalti belgilanmasligi to‘g‘ri qaror deb topildi.

51-daqiqada to‘p avval «Buxoro» futbolchisining oyog‘iga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirganidan keyin qo‘liga tekkani uchun qo‘l bilan o‘yin qayd etilmagani ham to‘g‘ri deb baholandi.

73-daqiqada «Buxoro» himoyachisi avval to‘pga o‘ynagani, keyin esa harakat davomida raqibining oyog‘ini bosib yuborgani muqarrar to‘qnashuv sifatida e’tirof etildi. Shuning uchun qoidabuzarlik belgilanmagani to‘g‘ri qaror bo‘lgan.

90+1-daqiqada esa «Buxoro»ning 6-raqamli futbolchisi raqibini ortidan turtib yiqitgan. Ekspertlar mazkur epizodda hakam tomonidan jarima zarbasi belgilanishini to‘g‘ri qaror sifatida baholadi. Shu bilan birga, «Buxoro»ning 4-raqamli futbolchisi harakatlarida qo‘pollik yoki agressiv xatti-harakat kuzatilmagani ta’kidlandi.

Shuningdek, «Bunyodkor» – «Nasaf» uchrashuvining 52-daqiqasida «Nasaf»ning 20-raqamli futbolchisi ehtiyotsizlik oqibatida raqibining yuziga qo‘li bilan zarba bergan epizod ham ko‘rib chiqildi.

Ekspertlar bosh hakam ushbu vaziyatni dastlab e’tiborsiz qoldirgani bois VAR aralashuvi to‘g‘ri bo‘lganini qayd etdi. Video takrordan keyin futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatilishi esa to‘g‘ri intizomiy chora sifatida baholandi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 16:11, 19.07.2026.
O'qildi: 1703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик