Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

JCH-2026 finali oldidan AQSH madhiyasi ijro etilishi muhokamalarga sabab bo‘ldi

JCH-2026 finali oldidan AQSH madhiyasi ijro etilishi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Baho:
+ | -1

Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi 2026 yilgi jahon chempionati finali oldidan AQSH milliy madhiyasining yangrashi ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar o‘rtasida tanqidlar to‘lqinini keltirib chiqardi. Bu haqda Comeback portali xabar bermoqda.

Amerika madhiyasini «Gremmi» mukofotining ikki karra sohibasi Jennifer Xadson ijro etdi.

«Finalda AQSH madhiyasi yangramoqda, vaholanki ular bu o‘yinda o‘ynamayapti. Bu mamlakatga hech qachon boshqa jahon chempionatini bermanglar. Achinarli holat», — deb yozdi futbol muxlislaridan biri.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turnir mezbonlari faqatgina Qo‘shma Shtatlar emasligiga ham e’tibor qaratishdi.

«Turnir mezbonlarining barchasi uchta davlat bo‘lishiga qaramay, Kanada yoki Meksika emas, aynan AQSH madhiyasi yangramoqda».

Kiritildi: 01:06, 20.07.2026.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик