Fransiya sport vaziri Marina Ferrari Zinedin Zidanni yuqori baholadi, uning fikricha, Zidan Fransiya terma jamoasi uchun «ko‘kdan tushgan ne’mat» bo‘ladi.
«Murabbiyni tanlash — Federasiyaning ishi, ammo shunday mutaxassis bilan ishlash imkoniyati paydo bo‘lganda, bu Fransiya terma jamoasi uchun katta imkoniyat bo‘lishi kerak», — deya Marina Ferrarining so‘zlarini Germaniyaning RTL telekanali keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi Didye Desham bilan kechgan 14 yillik davrdan so‘ng yangi ustozga ega bo‘ladi. Uning ushbu postdagi faoliyatining cho‘qqisi 2018 yilgi Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida fransuzdar tomonidan qo‘lga kiritilgan chempionlik unvoni bo‘ldi.













