Darvozabon Jeyms Trafford klubdagi manzilini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda TeamTalk yozmoqda.
Futbolchining xizmatlariga to‘rtta klub qiziqish bildirmoqda. Xususan, Trafford bilan shartnoma imzolashni «Aston Villa», «Tottenxem», «Nyukasl» va «Lids» klublari istashmoqda.
Ta’kidlanishicha, «tovuslar» Jeyms Traffordning transfer summasini to‘lashga qodir. Ammo maosh masalasida muammolar yuzaga kelishi mumkin.













