Britaniyalik teleboshlovchi va «Arsenal» muxlisi Pirs Morgan Morgan Rojersning «Chelsi»ni Londonning eng yirik klubi deb ataganiga munosabat bildirdi.
Yarim himoyachi «Aston Villa»dan «Chelsi»ga inglizlar uchun rekord darajadagi 117 million funt evaziga o‘tdi. Futbolchiga «Arsenal» ham qiziqish bildirgan edi.
«Bu klub hatto G‘arbiy Londonning ham eng kattasi emas... O‘tgan APL mavsumida «Brentford» ulardan yuqoriroq o‘rinni egallagan edi», — deb yozdi Morgan.













