Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Karvaxal «Real»dan ketgach, o‘ziga yangi klub izlashda davom etmoqda

Karvaxal «Real»dan ketgach, o‘ziga yangi klub izlashda davom etmoqda

Baho:
+ | -

Dani Karvaxal Madridning «Real» klubini tark etgach, hali ham yangi jamoa borasida bir qarorga kelmadi. 34 yoshli himoyachi faoliyatini davom ettirish va yuqori darajada yana bir mavsum o‘tkazishni niyat qilgan, biroq uning maosh bo‘yicha talablari yangi klub topishni qiyinlashtirmoqda, deb qayd etadi Vavel portali.

Ispaniyalik futbolchi «Real»da yiliga taxminan 10,4 million yevro maosh olar edi. Bunday summa tajribali o‘ng qanot himoyachisiga qiziqish bildirayotgan aksariyat klublar uchun juda yuqorilik qilmoqda.

Karvaxalga da’vogarlardan biri Leverkuzenning «Bayer» klubi edi. Germaniya klubi o‘z faoliyatining ilk bosqichlarida jamoa sharafini himoya qilgan futbolchini ortga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqdi, biroq moliyaviy sabablar tufayli muzokaralar rivojlanmadi. Shuningdek, ispaniyalik himoyachiga bo‘lgan qiziqishni Milanning «Inter» klubi bilan ham bog‘lashmoqda. Bundan tashqari, Karvaxal uchun faoliyatini davom ettirish variantlari Saudiya Arabistoni, Qatar va MLS'da paydo bo‘lishi mumkin.

«Real»dagi faoliyati davomida himoyachi 450 ga yaqin o‘yinda maydonga tushib, 6 marta Chempionlar ligasi va 4 marta Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan. Uning hisobida klub va xalqaro darajada jami 27 ta sovrin bor.

Kiritildi: 17:04, 23.07.2026.
O'qildi: 1155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик