Nemis mutaxassislari Peter Kravis, Pepeyn Leynders va Sven Bender Germaniya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp shtabiga kiritildi. «Red Bull» kompaniyasining futbol yo‘nalishi sobiq rahbari Kloppning milliy jamoaga tayinlangani bugun, 24 iyul kuni rasman e’lon qilindi.
Peter Kravis murabbiylik faoliyatini «Mayns» klubida bosh skaut sifatida boshlagan. Keyinchalik u Kloppning Dortmundning «Borussiya»si va «Liverpul» klublaridagi murabbiylar shtabida ishlagan. O‘tgan yilning mart oyidan iyun oyigacha esa «RB Leypsig»da yordamchi murabbiy vazifasini bajargan.
Pepeyn Leynders ham «Liverpul»da Kloppning yordamchisi bo‘lgan. U 2025/2026 yilgi mavsumni «Manchester Siti»da o‘tkazdi. Niderlandiyalik mutaxassis ispaniyalik Xosep Gvardiola klubni tark etgach, «shaharliklar» murabbiylar shtabini ham tark etdi.
37 yoshli Sven Bender esa Dortmundning «Borussiya» klubining sobiq futbolchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u Germaniyaning mintaqaviy ligasida ishtirok etuvchi «Unterxaxing» jamoasini boshqargan.













