Superog‘ir vazn toifasida WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq jahon chempioni, britanchalik Tayson Fyuri (35-2-1, 24 KO) Angliya terma jamoasi u dunyodan o‘tguniga qadar futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘lishiga umid bildirdi.
«Shunchaki, men o‘lishimdan oldin ular yana bir bor jahon chempionatida g‘olib chiqishlariga umid qilaman. Men buni hech qachon ko‘rmaganman. Bu hodisa 1966 yilda sodir bo‘lgan, men esa 1988 yilda tug‘ilganman. Biz o‘z hayotimiz davomida buni ko‘ra olamizmi-yo‘qmi, qiziq. Bunga ishonchim komil emas. Oxirgi bir nechta urinishlarda bunga juda yaqin kelgandik, shunday emasmi? Uchinchi va to‘rtchi o‘rinlar. Bu ham yomon emas. Lekin shohsupaning eng yuqori pog‘onasida marrani zabt etish juda ajoyib bo‘lardi», — dedi Fyuri Sport.ua portaliga bergan intervyusida.













