Yarim o‘rta vazn toifasida (77 kg gacha) sobiq UFC chempioni, nigeriyalik Kamaru Usman Oklaxoma-Sitida (AQSH) bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 281 turnirida janubiy afrikalik Drikus dyu Plessiga boy berilgan jang so‘ng professional faoliyatini yakunlash haqida o‘ylab qolganini tan oldi.
«Qarang, hozir murabbiylarim va jamoam bilan o‘tirib, barchasini tahlil qilishim kerak. Faoliyatimning qaysi bosqichida turganimni va bu bilan shug‘ullanishni davom ettirishga arziydimi-yo‘qmi — shuni tushunib olishim lozim. Ularni yana shunday jarayonlardan o‘tishga majbur qilish to‘g‘rimi? Men hech qachon oktagonga chiqib, ularning nomini munosib himoya qila olmagan holatda jang qilmaganman», — dedi Usman Pound 4 Pound podkasti efirida.
Kamaru Usman hozirda 39 yoshda. Nigeriyalik sportchi aralash yakkakurashlar bo‘yicha professional faoliyatini 2012 yilda boshlagan bo‘lsa, 2015 yildan beri UFC shafeligida jang o‘tkazib keladi.













