Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

"Manchester Yunayted" "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkinsga qiziqish bildirmoqda

"Manchester Yunayted" "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkinsga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkinsni kuzatib bormoqda. 30 yoshli forvard uchun kurashda "Arsenal" ham "qizil iblislar"ga raqobat tug‘dirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar beradi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, "Manchester Yunayted" hujumchi Djoshua Zirkzee klubni tark etgan taqdirda Uotkinsni sotib olish bo‘yicha taklif berishi kutilmoqda. "Aston Villa" angliyalik futbolchini taxminan 40 million funt sterling (46,8 million yevro) evaziga sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Birmingem klubi "Fenerbaxche"ning 30 million funtlik (35 million yevro) taklifini allaqachon rad etgan.

O‘tgan mavsumda Uotkins barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining amaldagi bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 10:15, 25.07.2026.
O'qildi: 1427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик