Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Superliga 14-turi: "Bunyodkor" va "Paxtakor" o‘rtasidagi navbatdagi prinsipial to‘qnashuv oldidan

Superliga 14-turi: "Bunyodkor" va "Paxtakor" o‘rtasidagi navbatdagi prinsipial to‘qnashuv oldidan

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 14-tur doirasida o‘zbek futbolining eng prinsipial qarama-qarshiliklaridan biri — Toshkent derbisi bo‘lib o‘tadi. "Bunyodkor" azaliy raqibi "Paxtakor" bilan bahs olib boradi.

Mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixi har doim murosasiz va shiddatli kurashlarga boy o‘tishi bilan ajralib turadi. Shu vaqtgacha jamoalar o‘zaro 40 marta maydonga tushishgan. Statistikaga ko‘ra, "sherlar" 16 ta uchrashuvda zafar quchgan bo‘lsa, 10 ta bahsda durang qayd etilgan. 14 ta o‘yinda esa "Bunyodkor"ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik "Paxtakor" tarafida — 55/48.

Tomonlar o‘rtasidagi eng yirik hisob 2020 yilgi mavsumning ilk davrasida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda "Paxtakor" raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urgandi. "Bunyodkor" maydonida o‘tgan o‘yinlarda esa "paxtakorchilar" 6 marta g‘alaba qozonib, 4 bor durang o‘ynagan va 10 bor mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rgan. Bu uchrashuvlarda maydon egalari 33 ta, "Paxtakor" esa 24 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, "Bunyodkor" va "Paxtakor" o‘rtasidagi 14-turning markaziy uchrashuvi 26 iyul, yakshanba kuni soat 20:00 da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 10:30, 26.07.2026.
O'qildi: 625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик