Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Manchester Yunayted» Skott uchun 40 mln funt to‘lashga tayyor

«Manchester Yunayted» Skott uchun 40 mln funt to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottga qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» angliyalik futbolchining transferi uchun 40 mln funt (47 mln yevro) taklif qilishga tayyor edi, biroq «giloslar» 22 yoshli futbolchini 70 mln funt (82 mln yevro)dan ortiqroqqa baholashdi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» rahbariyati «Bornmut» tomonidan so‘ralayotgan summani oshirib yuborilgan deb hisoblamoqda va muqobil variantlarni qidirmoqda. Alohida ta’kidlanishicha, yarim himoyachini «Arsenal» klubi o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Skott barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. «Transfermarkt» portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:20, 26.07.2026.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик