Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Real» Diomande transferini qachon e’lon qilishi aytildi

«Real» Diomande transferini qachon e’lon qilishi aytildi

Baho:
+ | -

«Real» ertaga Yan Diomande transferini e’lon qilishi mumkin.

Oldinroq Madrid klubi Kot-d′Ivuar terma jamoasining 19 yoshli vingeri transferi bo‘yicha «RB Leypsig» bilan prinsipial kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

As nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» Diomande uchun 115–120 million yevro to‘laydi. Bitim yaqin soatlar ichida yakunlanishi va transfer haqidagi rasmiy e’lon dushanba kunidanoq chiqishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Diomandening manfaatlarini «Real» vingeri Vinisius Junior mijozi bo‘lgan o‘sha agentlik himoya qiladi. Shu sababli klub ivuarlik futbolchining agentlari bilan tezda kelishib olishga erishdi.

Diomande 2025 yilning yozidan beri «RB Leypsig» safida to‘p surib kelmoqda. Bundesligadagi debyut mavsumida vinger o‘z hisobiga 12 ta gol va 8 ta golli uzatma yozib qo‘ydi.

Kiritildi: 23:01, 26.07.2026.
O'qildi: 2475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик