Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

PFL rahbarligiga yangi nomzodlarni tasdiqlash kun tartibiga kiritildi

PFL rahbarligiga yangi nomzodlarni tasdiqlash kun tartibiga kiritildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbarligi uchun navbatdagi to‘rt yillik muddatga nomzodlarni tasdiqlash masalasi kun tartibiga kiritildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.

Liga Ustavining 5.11-bandiga muvofiq, bosh direktorni to‘rt yil muddatga tayinlash hamda lavozimidan ozod qilish O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti yoki Assosiasiya Ijroiya qo‘mitasining taqdimnomasiga asosan PFL Ijroiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Assosiasiya prezidentining taqdimiga binoan, Ijroiya qo‘mitaning 2022 yil 31 martdagi qarori bilan Diyor Imomxo‘jayev to‘rt yil muddatga PFL bosh direktori etib tasdiqlangan edi. Endilikda Assosiasiya rahbariyati yoki Ijroiya qo‘mitasi navbatdagi to‘rt yillik davr uchun nomzod yoki nomzodlarni taqdim etishi lozim. Shundan kelib chiqib, Liga mazkur masalani kun tartibiga kiritishni so‘rab murojaat qildi.

Qayd etilishicha, Diyor Imomxo‘jayev bir vaqtning o‘zida har ikkala tashkilot Ijroiya qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi. Shu bois u nomzod taqdim etishda ham, keyinchalik ovoz berish jarayonida ham ishtirok etmaydi. Ustaviga ko‘ra, Assosiasiya bir yoki bir nechta nomzodlar ro‘yxatini taqdim etishi mumkin, ular esa Liga Ijroiya qo‘mitasining 8 nafar a’zosi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Ovoz berish haqiqiy deb topilishi uchun kamida 5 nafar a’zo qatnashishi shart.

Muhim jihati, Ijroiya qo‘mita a’zolarining 5 nafari futbol klublari vakillari hisoblanadi (Alisher Yusupov — «Nasaf», Bahodir Mirzayev — OKMK, To‘labek Akramov — «Lokomotiv», Elbek Samatov — «Andijon», Maqsad Karimov — «Xorazm»). Shuningdek, qo‘mitaga Odil Ahmedov, Kamoliddin Murzoyev va Oybek Ibrohimxonov ham a’zo sanaladi.

Shu tariqa, PFL bosh direktorini saylashda klublarning umumiy ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Assosiasiya tomonidan taqdim etiladigan nomzodlar ro‘yxati haqida keyinroq qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:27, 27.07.2026.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик