Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Nacho: «Kukurelyada «Real»da o‘ynash uchun barcha ideal xis-tuyg‘u va xarakter mavjud»

Nacho: «Kukurelyada «Real»da o‘ynash uchun barcha ideal xis-tuyg‘u va xarakter mavjud»

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq himoyachisi va hozirda «Al-Qodisiya» sharafini himoya qilayotgan Nacho o‘z hamyurti Mark Kukurelya «qaymoqranglilar» uchun mukammal transfer bo‘lganiga ishonishini bildirdi.

«Bu transferni ifodalash uchun yagona so‘z — «ajoyib xarid». Jamoa uchun kurashish, maydondagi 100 foizlik fidoyilik va shiddat... Unda «Real Madrid»da o‘ynash uchun barcha ideal xususiyatlar va xarakter mujassam.

O‘ylashimcha, ayni damda jamoaga aynan shunday shiddat kerak bo‘lib turgan bir paytda u juda qo‘l keladi.

Kukurelyani shaxsan tanishimdan tashqari, unga dunyodagi bor omadni tilab qolaman. U «Real»da o‘z orzu va maqsadlarini amalga oshirishda davom etishiga to‘liq ishonaman», — dedi Nacho.

Joze Mourinyu ispaniyalik chap qanot himoyachisini «Chelsi»dan olib kelishda asosiy rol o‘ynadi. Kukurelyaning 2026 yilgi Jahon chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, Ispaniya terma jamoasining chempionligiga ulkan hissa qo‘shganidan so‘ng, ushbu transfer «Real» uchun o‘ta muvaffaqiyatli yurish bo‘lgani ko‘rinib turibdi.

Kiritildi: 15:22, 28.07.2026.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик