Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Fransiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Zidanning milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganiga baho berdi

Fransiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Zidanning milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganiga baho berdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Raymon Domenek Zinedin Zidanning milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Milliy terma jamoa murabbiyi ishining mohiyati — qisqa vaqt ichida jamoadan eng yaxshi natijalarga erishishdan iborat. Zidanda o‘z g‘oyalarini yetkazib berish uchun bu tajriba va bunday obro‘-e’tibor bor.

Jahon chempionatidan keyingi asosiy muammo — futbolchilarning tayyorgarlik darajasini baholashdir. Sentyabr oyidagi dastlabki o‘yinlar oldidan har bir futbolchining tayyorgarligini ko‘zdan kechirish lozim. Gap insoniy muloqot, futbolchilar bilan qayta tiklashimiz kerak bo‘lgan munosabatlar haqida bormoqda. Biz ilgari ishlagan tizimga qaytishimiz, yaxshi faoliyat yuritgan guruhni qayta jonlantirishga tayyor bo‘lishimiz kerak. Birinchi navbatda qilinishi kerak bo‘lgan ish — yetakchilar bilan aloqani yo‘lga qo‘yishdir», — deydi Domenekning so‘zlarini RMC Sport.

Oldinroq Fransiya futbol federasiyasi press-xizmati mutaxassisning milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi. Zidan bilan shartnoma 2030 yilgacha tuzilgan.

Kiritildi: 19:25, 28.07.2026.
O'qildi: 993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик