Artyom Dovbik «Bolonya» a’zosiga aylandi.
«Qizil-ko‘klar» «Roma» hujumchisini mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan ijaraga olganini e’lon qildi. Avvalroq qarama-qarshi yo‘nalishda «Roma»ga forvard Santyago Kastro o‘tgani ma’lum bo‘lgan edi.
A Seriyaning o‘tgan mavsumida Dovbik 14 ta o‘yinda maydonga tushib (o‘rtacha 27 daqiqadan), 3 ta gol urishga erishdi.













